Davlat fuqarolik xizmati lavozimi uchun savollar

.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlovning suhbat intervyu yoki taqdimot (keys-stadi, topshiriq) bosqichida beriladigan savollar roʻyxati
1    Taʼlim turlarini sanab bering.
2    Umumiy oʻrta taʼlim qanday bosqichlardan iborat?
3    Maktab direktori qanday tartibda lavozimga tayinlanadi?
4    Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida qanday davlat xizmatlari joriy etilgan.
5    Maktabda oʻqituvchilarning haftalik ish yuklamalari qaysi meʼyoriy hujjat boʻyicha hamda necha soat etib belgilangan?
6    Umumtaʼlim maktablarida Metod birlashma tuzish uchun kamida nechta oʻqituvchi boʻlishi kerak? Metodbirlashmalar tuzish tartibi qanaqa?
7    Oʻqituvchilarning ish tajribasini ommalashtirishning maqsadi nima?
8    Umumtaʼlim maktablarining Tayanch oʻquv rejasida umumtaʼlim fanlari qanaqa tartibda va yoʻnalishda taqsimlanadi?
9    Umumtaʼlim maktablarida chet tili fanlaridan birini oʻqitish uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerak?
10    Umumiy oʼrta taʼlimning tayanch oʼquv rejasida “Tabiiy fanlar” (science) qaysi sinflarda oʼqitilishi belgilangan?
11    Umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi qanday hujjat hisoblanadi? Hujjatning maqomi, mazmuni va mohiyati?
12    Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqituvchiga metodik yordam beruvchi qanday tizim bor yoki oʻqituvchi oʻzi ishlayotgan maktabida birinchi metodik yordamni kimdan oladi?
13    Kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida (filiallarda) boshlangʼich sinf oʼquvchilari qanday tartibda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin.
14    Taʼlim tashkilotlari attestatsiyasi deb nimaga aytiladi?
15    Davlat akkreditatsiyasi deb qanday jarayonga aytiladi?
16    “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi nima?
17    Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda taʼlim olishning qanday shakllaridan foydalaniladi?
18    Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi oʻquv mashgʻulotlari qanday shakllarda olib boriladi.
19    Masofaviy taʼlim nima?
20    Dual taʼlim nima?
21    Mustaqil taʼlim nima?
22    Xodimlar malakasini oshirishning muqobil (taʼlim dasturlarisiz malaka orttirish) qanday shakllardan iborat:
23    Xodimlarni qayta tayyorlash nima?
24    Qayta tayyorlashning qanday asosiy turlari mavjud:
25    Yuridik shaxs tushunchasi va turlari?
26    Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakliga taʼrif bering?
27    Ishga qabul qilishda dastlabki sinov nima va dastlabki sinov muddati kimlarga tatbiq etilmaydi?
28    Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishi.
29    Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunida davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qanday intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi?
30    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatining qanday ustuvor yoʻnalishlari belgilandi?
31    Intizomiy jazoning amal qilish muddati qancha ?
32    Mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi munosabati bilan bekor qilinishi yuzasidan ish beruvchi xodimni qancha vaqt oldin ogohlantirishi kerak
33    Jamoa shartnomasi qanday hujjat
34    Taʼlim menejmentining asosiy maqsadi nimadan iborat?
35    Ichki tartib qoidalari deganda nima tushuniladi? 
36    Odob-axloq qoidalari deganda nima tushuniladi?
37    Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun maqsadi nimalardan iborat? Korrupsiya oʻzi nima?
38    Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari?
39    Manfaatlar toʻqnashuvi nima? Manfaatlar toʻqnashuvining koʻrinishlari?
40    Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi qanday bosqichlardan iborat ?
41    Normativ-huquqiy hujjat turlari ?
42    Multimedia texnologiyalari deganda nimalarni tushunasiz?
43    kitob.uz axborot-tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
44    erp.maktab.uz axborot-tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
45    my.gov.uz tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
46    pm.gov.uz axborot tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
47    Axborot xavfsizligi siyosati nima?
48    Axborotlashtirish obyekti nima?
49    Kiberxavfsizlik nima?
50    Axborot resursi nima?
51    Shaxsga doir maʼlumotlar nima?
52    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Ichki audit xizmati qaysi qaror asosida qachon tashkil etilgan.
53    Davlat budjetining birlamchi profitsiti bu nima?
54    Vazirlik bilan Davlat xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qanday normativ huquqiy hujjatlar mavjud?
55    Maktab yer maydonlari va bino inshootlarini ijara toʻlovlarisiz foydalanishga berilishi mumkinmi?
56    Davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar qanday taqsimlanadi va qaysi hujjatga asosan?
57    Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini sanab bering?
58    KPI deganda nimani tushunasiz?
59    SWOT – tahlil toʻgʻrisida nimalar bilasiz?
60    Kontent tahlil – nima?
61    “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi 445-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan
62    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 341-son qarori qachon qabul qilingan, hujjatning mazmun mohiyatini tushuntirib bering?
63    Murojaatlar necha shaklda boʻladi va qaysilar? Murojaatlarning necha turlari boʻladi va qaysilar?
64    Qanday murojaatlar koʻrib chiqilmaydi va bu “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qaysi moddasida keltirilgan?
65    Murojaatlarni koʻrib chiqish qanday hollarda tugatiladi?
66    Murojaatdagi masala boshqa organga tegishli boʻlsa, qonun doirasida qanday yoʻl tutish kerak?
67    Qanday murojaat ariza hisoblanadi?
68    Buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat qanday murojaat deb ataladi?
69    Qanday murojaat taklif hisoblanadi?
70    Qonunda belgilanishi boʻyicha ariza yoki shikoyat tashkilotga kelib tushgan kundan eʼtiboran qancha muddatda koʻrib chiqiladi?
71    Murojaatlar davlat tilidan boshqa yana qanday tillarda berilishi mumkin?
72    Bila turib yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan murojaatni tekshirish sababli yetkazilgan xarajatlarning oʻrni qay tartibda qoplanadi?
73    Ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
74    Ijro.gov.uz tizimida qonunchilik hujjatlaridagi topshiriqlar qaysi vakolatli organlar tomonidan nazoratdan olinadi?
75    Ijro.gov.uz tizimini tartibga soluvchi qaysi normativ-huquqiy hujjatlarni bilasiz?
76    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlarini nazorat qilish qaysi axborot tizimi orqali amalga oshiriladi?
77    Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlim olishi qanday tamoyillar asosida amalga oshiriladi?
78    Bolalar huquqlarining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
79    Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti nima?
80    Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi nima?
81    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
82    Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
83    Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻz faoliyatlarini nima asosida amalga oshiradi?
84    Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi deganda nimani tushunasiz?
85    Pedagog kim?
86    Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini kim belgilaydi?
87    Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi belgilash vakolati qaysi davlat organiga berilgan?
88    “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tushuntirib bering 
89    2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Mazkur tartib boʻyicha qanday maʼlumotga egasiz? 
90    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori mazmun mohiyatini tushuntirib bering.
91    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
92    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarorida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining asosiy vazifalari nimalardan iborat.
93    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning qanday tartibi joriy etilishi belgilangan?
94    Hududiy markazlarga oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun bakalavr darajasiga ega boʻlgan mutaxassislarni ishga qabul qilish tartibini tushuntirib bering?
95    Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda ularga menejerlik sertifikatini berish tizimi qanday?
96    Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda ularga menejerlik sertifikatini berish tizimi qanday?
97    Kimlar menejerlik oʻquv kursida oʻqimasdan sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin?
98    “Kasbiy rivojlanish kuni” nima va u qanday tartibda tashkil etiladi?
99    “Kasbiy rivojlanish soati” nima va u qanday tartibda tashkil etiladi?
100    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari uchun dasturlar va oʻquv materiallarini kim ishlab chiqadi?
101    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining maqsadi nima?
102    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida master-trenerlar kimlar?
103    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida mentor oʻqituvchi kim va ular qanday vazifani bajaradilar?
104    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida yetakchi oʻqituvchi kim va ular qanday vazifani bajaradilar?
105    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida koordinator kim va ular qanday vazifani bajaradilar?
106    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
107    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tizimiga nimalar kiradi?
108    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishda Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining vazifalari nimalardan iborat?
109    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida Hududiy ishchi guruhlarning vazifalari nimalardan iborat?
110    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil qilishda tuman (shahar) ishchi guruhlarining vazifalari nimalardan iborat?
111    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida Tayanch maktablar direktorlarining vazifalari nimalardan iborat?
112    “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida qatnashmaganlik uchun oʻqituvchilarga qanday choralar koʻrilishi belgilangan?
113    “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil qilishning qanday shakllari mavjud?
114    “Metodik mahorat kuni” nima va u qanday tartibda tashkil etiladi?
115    “Metodik mahorat soati” nima va u qanday tartibda tashkil etiladi?
116    “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari uchun dasturlar va oʻquv materiallarini kim ishlab chiqadi? 
117    “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining maqsadi nima? 
118    “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarida trener (mentor)lar kimlar?
119    “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarida yetakchi pedagog kimlar?
120    “Metodik mahorat kuni” tadbirlarini tashkil qilishning qanday shakllari mavjud?
121    Master-trener va mentor-oʻqituvchilar tarkibi qanday shakllantiriladi?
122    Davlat taʼlim standartlari nima?
123    Davlat taʼlim standartlari oʻzida nimalarni aks ettiradi?
124    Davlat taʼlim standartlari qanday tarkibiy tuzilmaga ega?
125    Taʼlim tizimi nima?
126    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi qanday maqsadni koʻzlaydi?
127    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi qaysi subyekt tomonidan belgilanadi?
128    “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoniga kimlar sazovor boʻlishlari mumkin?
129    “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni kimlarga beriladi?
130    Didaktika (Taʼlim nazariyasi) nima?
131    Didaktikaning maqsadi va predmetini nima tashkil etadi?
132    Didaktikaning asosiy vazifalari qaysilar?
133    Didaktik tizim nima?
134    Didaktikaning asosiy kategoriyalarini nimalar tashkil etadi?
135    Taʼlim mazmuni nima?
136    Oʻquv fani nima? Taʼlim jarayoni nima?
137    Taʼlim jarayonini tashkil etish nima degani?
138    Taʼlim jarayonini loyihalashtirish nima?
139    Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim nima?
140    Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimning qanday turlari mavjud?
141    Muammoli taʼlim nima?
142    Oʻyin texnologiyalari qanday maqsadga erishishga xizmat qiladi?
143    Interfaol taʼlim nima?
144    Hamkorlik taʼlimining oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
145    Individual taʼlim nima?
146    Qanday taʼlim masofaviy taʼlim deb ataladi?
147    Sinf-dars tizimi qanday xususiyatlarga ega?
148    Sinf-dars tizimi qanday afzalliklarga ega?
149    Sinf-dars tizimini qoʻllashda qanday kamchiliklar koʻzga tashlanadi?
150    Texnologiya nima? Pedagogikada “texnologik xarita” tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
151    Taʼlim texnologiyasi nima? Dars nima?
152    Dars taʼlimning boshqa shakllaridan qanday belgilarga koʻra farqlanadi?
153    Zamonaviy didaktikada darsning qanday turlari ajratib koʻrsatilgan?
154    Koʻnikma, malakalarni hosil qilish va mustahkamlash darslarining maqsadi nima?
155    Darsning taʼlimiy vazifasi nimalar bilan izohlanadi?
156    Darsning tarbiyaviy vazifasi nimalarda aks etadi?
157    Darsning rivojlantirish vazifasi nimada namoyon boʻladi?
158    Noanʼanaviy darslarning qanday turlari mavjud?
159    Oʻqituvchining darsga tayyorlanishi qanday bosqichlarda kechadi?
160    Darsni loyihalash (rejalashtirish) nima?
161    Amaliy mashgʻulotlar taʼlimning qanday shakllari sanaladi?
162    Taʼlim metodlari nima?
163    Taʼlim metodlarining asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
164    Taʼlim metodlarini tanlashda nimalar inobatga olinishi lozim?
165    Taʼlim metodlarini tanlash qanday mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi?
166    Qanday metodlar interfaol metodlar sanaladi?
167    Qanday oʻyin didaktik oʻyin sanaladi?
168    Didaktik oʻyinlar qanday ahamiyatga ega?
169    Taʼlim vositalari nima? 
170    Taʼlim natijasi (taʼlim mahsuli) deganda nimani anglash zarur?
171    Taʼlimni tabaqalashtirish (differensiyalashtirish) nima?
172    Taʼlimni standartlashtirish nima?
173    Taʼlimni axborotlashtirish nimani anglatadi?
174    Taʼlimning uzluksizligi nimani anglatadi?
175    “Gnoseologiya” tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
176    Bilimlarni egallash (oʻzlashtirish) jarayoni qanday bosqichlarda kechadi?
177    Taʼlim qonuniyatlari nimalardan iborat?
178    Taʼlim mazmuni qanday meʼyoriy hujjatlarda aks etadi?
179    Oʻquv rejasi nima?
180    Oʻquv rejasida nimalar aks etadi?
181    Oʻquv dasturlarini yaratishda qanday tamoyillar ustuvor oʻrin tutadi?
182    Qanday manbalar oʻquv adabiyotlari sanaladi?
183    Test nima? Test qanday afzalliklarga ega?
184    Reyting qanday metod? Reyting tizimi qanday afzalliklarga ega?
185    “Taʼlim menejmenti” tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
186    Taʼlim menejmenti oʻzida qanday xususiyatlarni aks ettiradi?
187    Taʼlim muassasasi pedagogik faoliyatini boshqarish nima?
188    Taʼlim muassasasining faoliyatini boshqarishda davlat-jamoatchilik boshqaruviga erishish nima degani?
189    Taʼlim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish deganda nima tushuniladi?
190    Pedagogik tizimni boshqarishning demokratlashtirish va insonparvarlashtirish tamoyiliga asoslanganligi qanday maʼnoni anglatadi?
191    Pedagogik tizimni boshqarishning tizimliligi va yagonaligi tamoyiliga asoslanganligi qanday maʼnoni anglatadi?
192    Boshqarishda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarning ratsional uygʻunligi nima?
193    Metodika nima va uning taʼlimdagi ahamiyati nimadan iborat?
194    Metodik tizimning asosiy elementlari nimalardan iborat?
195    Darsni rejalashtirishda qanday metodik yondashuvlar qoʻllaniladi?
196    Interfaol usullarning taʼlim jarayonida oʻrni qanday?
197    Darsda koʻrgazmalilik prinsipi qanday amalga oshiriladi?
198    Differensial taʼlim nima va uni qanday tashkil etish mumkin?
199    Yangi texnologiyalarni taʼlim jarayoniga qoʻllashning afzalliklari qanday?
200    Taʼlim metodlarini tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?
201    Oʻquvchilarni faollashtirish uchun qaysi metodlar samaraliroq?
202    Qanday qilib baholash usullarini dars maqsadlariga moslashtirish mumkin?
203    Oʻqitish jarayonida muammoli vaziyatlar yaratishning foydasi nimada?
204    Metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda qanday omillarni hisobga olish kerak?
205    Mustaqil ishlarni tashkil etishda qaysi metodlar samarali boʻladi?
206    Refleksiya nima va uni taʼlim jarayonida qanday qoʻllash mumkin?
207    Metodikadagi yangi yondashuvlar va ularning anʼanaviy metodlardan farqi nimada?
208    Integratsiyalashgan darslarni oʻtkazishning metodik asoslari qanday?
209    Taʼlimdagi motivatsion metodlarning oʻquvchilar ongida qanday oʻrni bor?
210    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) metodik jarayonga qoʻshish qanday natijalar beradi?
211    Ishbilarmonlik oʻyinlari orqali dars oʻtishning metodik jihatlari qanday?
212    Metodik faoliyatni samarali boshqarish uchun qanday vositalar va usullar mavjud?
213    Darslik nima?
214    Oʻquv qoʻllanma nima?
215    Uslubiy qoʻllanma nima?
216    Uslubiy koʻrsatma nima?
217    Uslubiy tavsiyanoma nima?
218    Oʻquv dasturi nima?
219    Darsning asosiy maqsadi nima?
220    Darsda qanday bilim va koʻnikmalarni oshirish kerak?
221    Darsning asosiy vazifalari qanday qilib belgilanadi?
222    Oʻqitish jarayonida vaqtini samarali taqsimlash uchun qanday usullardan foydalanish mumkin?
223    5E yondashuvining bosqichlari
224    5E yondashuvini qaysi fanlarni oʻqitishda samarali foydalanish mumkin?
225    5E yondashuvining afzalligi nimadan iborat?
226    Engage (jalb qilish, qiziqtirish) bosqichida qanday savollar berish mumkin?
227    Explore (Tadqiq qilish): Oʻquvchilarga mavzuni oʻz mustaqil fikrlari va tajribalari asosida tushunishga qanday yordam berish mumkin?
228    Elaborate (Rivojlantirish): Yangi bilimlarni turli vaziyatlarda qanday qoʻllash mumkin?
229    Evaluate (Baho berish): Oʻquvchilarning oʻz-oʻzini baholash va refleksiya faoliyatini qanday tashkil qilish mumkin?
230    Refleksiyaning umumiy ahamiyatini izohlang
231    Refleksiyaning oʻquvchilar uchun ahamiyati
232    Refleksiyaning oʻqituvchilar uchun ahamiyati
233    Blum taksonomiyasi bosqichlari
234    Blum taksonomiyasining taʼlimni samaradorligini oshirishdagi ahamiyati nimadan iborat?
235    Blum taksonomiyasining qaysi bosqichi asosida berilgan topshiriq oʻquvchilarni mustaqil fikrlashini rivojlantiradi?
236    Blum taksonomiyasi yordamida qanday savollar bilish bosqichidagi oʻquvchilarning faktik maʼlumotlarni oʻzlashtirishini tekshirish uchun foydalanish mumkin?
237    Qanday savollar oʻquvchilarning bilimni tushunishi va bu bilimlar orasida bogʻlanishlarni topishini taʼminlaydi?
238    Qanday savollar oʻquvchilarga amaliyotga asoslangan bilimlarni qoʻllashga yoʻnaltiradi?
239    Qanday savollar oʻquvchilarga muammolarning strukturasini tahlil qilish va ularni boshqa elementlarga boʻlishga yordam beradi?
240    Baho berish bosqichi orqali oʻquvchilar oʻz qarorlari va javoblarining samaradorligini qanday baholashlari mumkin?
241    4K ning taʼlim jarayonida qoʻllanilishidan maqsad nimalardan iborat?
242    4K koʻnikmalarini rivojlantirish oʻquvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojiga qanday taʼsir koʻrsatadi?
243    STEAM yondashuvi taʼlim jarayoniga qanday innovatsion xususiyatlar qoʻshadi?
244    STEAM yondashuvi orqali oʻquvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini qanday rivojlantirish mumkin?
245    Oʻquvchilarga texnik muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvlar qanday ishlatiladi?
246    STEAM darslarida amaliy loyihalar va dasturlarni qanday tashkil etish mumkin?
247    Qanday raqamli instrumentlar STEAM da oʻquvchilarning oʻrganish jarayonida yordam berishi mumkin?
248    Texnologiyalar va boshqa ilmiy resurslarni loyihalarda qanday qoʻllash mumkin?
249    STEAM darslarda global muammolarni qoʻshib oʻqitish orqali oʻquvchilarda jamiyatga foyda keltirishga qanday qiziqish uygʻotish mumkin?
250    STEAM darslarida oʻquvchilarga ijtimoiy masalalarda innovatsion yechimlar taqdim etishning qanday yoʻllari mavjud?
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB