Yangiliklar
Boshqarmaning birinchi Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi
10-aprel 2025-yil
Bugun Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 1-sonli hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va sho‘ba mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, BABM rahbarlari, viloyatdagi 368 ta umumta’lim maktab direktorlari hamda barcha DMTT mudiralari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar tanqidiy va tahliliy muhokama etildi.
Hay’at yig‘ilishi yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli muhim qarorlar qabul qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati