Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"VATANPARVARLAR" HARBIY SPORT MUSOBAQASINING NAVOIY VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI.

11-aprel 2025-yil
image

Bugun Markaziy harbiy okrug Navoiy shahridagi 20022-harbiy qismda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari o‘rtasida "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi jamoalar Nizom talablaridan kelib chiqqan holatda o‘n bitta shart asosida o‘zaro bellashishdi. 

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Navoiy shahrining 1-maktab jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Uchquduq tumani 7-maktab jamoasi 2-o'rinni egalladi. Faxrli 3-o'rin Konimex tumanining 10-maktab jamoasiga nasib etdi. 

Faol ishtirokchi hamda g‘olib jamoalar hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB