Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Kasb va yoshlar" ochiq muloqot oyligi doirasida...

16-aprel 2025-yil
image

Bugun Navbahor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari tumandagi 2-sonli politexnikumida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar" kuni tadbiriga tashrif buyurishdi.

O‘quvchilar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, kasb-hunar yo‘nalishlari, to‘garak xonalari, ta’lim tizimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Kuzatish va suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlar va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB