Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH-HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZDIR.

16-aprel 2025-yil
image

Navbahor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligiga putur yetkazishi to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ichki axloqiy-ruhiy maslagi va e’tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarashli ma’rifatning o‘zagini tashkil qiladi. Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shartligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB