Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"YOSH CHEGARACHI" HARBIY SPORT MUSOBAQASI VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI 

16-aprel 2025-yil
image

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida "Yosh chegarachilar" harbiy sport musobaqasi Navoiy viloyati bosqichi o‘tkazildi. 

Murosasiz kechgan musobaqa yakunida faxrli Zarafshon shahar 2-sonli maktabi "Shijoat" jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Uchquduq tumani "Qalqon" jamoasi egalladi. Faxrli 3-o‘rin Konimex tuman 10-sonli maktabi "Temur vorislari" jamoasiga nasib etdi. 
Gʻolib va sovrindorlar hamkor tashkilotlarning diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB