Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YINI NVOIY VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI

23-aprel 2025-yil
image

Bugun Navoiy shahridagi "Azamat" bazmgohida umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilimdon jamoalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Turnir yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o'rinni Karmana tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, 2-o'rinni Karmana tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi. Faxrli 3-o'rin Uchquduq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasiga nasib etdi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Niyazov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni g‘alaba bilan tabriklab, turnirning Respublika bosqichida faol ishtirok etishiga yuksak ishonch bildirdi hamda boshqarma boshlig‘ining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi

Ma’lumot o‘rnida, mazkur tanlovning 2024-yilgi mavsumida Uchquduq tumanining 7-maktab jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB