Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI YAKUNLANDI

25-aprel 2025-yil
image

Bugun Navoiy shahri maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 23-umumta’lim maktabida Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning ochilish marosimida so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova hamda vazirlik mas’ul xodimi Ibrohim Ismatovlar tanlov ishtirokchilariga omad tilashdi.

✅Tanlovning mazkur bosqichida hududlardan saralangan 55 nafar iqtidorli yoshlar qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Hududiy bosqichda eng yuqori ball to‘plagan maktab jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi hamda faxrli o‘rinlarni egallagan maktab jamoalari sovrindor sifatida, mos ravishda 250, 200 va 150 million so‘m miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan rag‘batlantiriladi.

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB