Yangiliklar
TA’LIM TIZIMIDAGI MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2-may 2025-yil
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, bo‘lim boshlig‘i U.Kamolovlar tomonidan Qiziltepa tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman bo‘limi tasarrufidagi mavjud umumta’lim maktablari direktor, direktor o‘rinbosarlari hamda maktab psixologlari bilan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, "Abituriyent shtabi" faoliyati, ta’lim muassasalarida obodonlashtirish ishlari holati tanqidiy-tahliliy ravishda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan faoliyati davomida qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator soha xodimlariga intizomiy choralar qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilish Xatirchi tumanida ham bo‘lib o‘tgan edi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati