Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MALIKAXON "SHAXMAT FESTIVALI" RESPUBLIKA BOSQICHIDA SOVRINDOR!

2-may 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat festivali” tadbirining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ–150-son qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur bellashuvlar nihoyasida, Navoiy shahridagi 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Malika Murtazayeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻolibamizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatiga ulkan omadlar tilaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB