Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiy viloyatida “Vazir jamg‘armasi” ustamasiga nomzod pedagoglarni saralashning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

8-may 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari Navoiy shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Navoiy shahridagi 23-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqichida ishtirok etayotgan pedagoglar bilan uchrashib, bir muddat samimiy suhbatlashdi hamda barcha ustozlarga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur bosqichda nomzod pedagoglar o‘z taqdimotlari bilan dars mashg‘ulotlarida qo‘llaydigan metodikalarini namoyish etgan holda hakamlar hay’ati savollariga javob berishdi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur bosqichda viloyatimizdan 68 nafar ustozlarimiz ishtirok etishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB