Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Jasorat maktablariga kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda

10-iyul 2025-yil
image

Bugun yurtimiz bo‘ylab ilk bor tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test jarayonlari (ona tili hamda matematika fanlaridan) bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy viloyatida bu jarayon Bilim va malakalarni baholash agentligi hududiy bo‘limi binosida tashkil etilgan.

Viloyat bo‘yicha jami 735 nafar 5-sinf o‘quvchisi ushbu imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza topshirgan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Niyazov jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

“Jasorat maktablari” viloyatning 11 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hududdagi maktablarga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

Tanlovning ikkinchi bosqichi 17–18-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi va unda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlikdan imtihon topshiradilar.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB