Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiyda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

14-iyul 2025-yil
image

Yurtimiz bo‘ylab ilk bor tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining Navoiy viloyati hududiy bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun viloyat miqyosida 1325 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan.

Mazkur jarayonlarining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ijrochi direktori Javohir Ahmedov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova ushbu hududda bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etilmoqda. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB