Yangiliklar
Navoiyda “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
17-iyul 2025-yil
Bugun viloyat miqyosidagi belgilangan umumta’lim maktablarida “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi, ya’ni jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sinov davomida har bir o‘quvchi 5 turdagi jismoniy mashq bajarib, 50 ballik tizim asosida baholanishi belgilangan.
Bu sinovlar orqali o‘quvchilarning jasorat, chaqqonlik va jismoniy salohiyati baholanadi.
Fotolavhalarda Navoiy shahridagi 1-maktab hamda Karmana tumanidagi 10-maktabda o‘tayotgan “Jasorat maktablari” imtihonining jismoniy tayyorgarlik sinovlari jarayonlari aks etgan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati