Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

 "JADIDLAR IZIDAN" — NAVOIYDA ENG BILIMDONLAR ANIQLANDI!

20-noyabr 2025-yil
image

Bugun Navoiy shahrida haqiqiy ma’naviyat bayrami bo‘lib o‘tdi! 23-maktab mezbonlik qilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining viloyat bosqichi katta hayajon, bilim va iqtidorlar to‘qnashuviga aylandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 6–8-sinf toifasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin — Qiziltepa tumani 14-maktab o‘quvchisi Dilnura Usmonovaga nasib etgan bo'lsa, 9–10-sinflar toifasida oliy o'rinni Zarafshon shahri 3-maktab o‘quvchisi Durdona Muxtorova qo'lga kiritdi.

Bu ikki iqtidorli o'quvchi nafaqat viloyat bosqichida g‘oliblikni egallashdi, balki respublika bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritishdi. Endi ular yurtimizning eng bilimdon yoshlari safida mamlakat miqyosida bellashadi.

Taqdirlash marosimi tantanali ruhda o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i Ra’no Hayitova hamda mas’ul xodimlar g‘oliblarni diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlab, ular uchun samimiy tilaklar izhor etishdi.

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB