Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TA’LIM — KORRUPSIYADAN XOLI SOHA!

21-noyabr 2025-yil
image

Navoiy viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida "Ta’lim — korrupsiyadan xoli soha" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion xavf omillarini kamaytirish va ochiq boshqaruv tamoyillarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dastlab yig‘ilish qatnashchilariga korrupsion harakatlarning oqibatlari haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Unda korrupsiya nafaqat tizim rivojiga, balki jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy zarar yetkazishi alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova hamda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimi E.Xudaybergenov ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash va manfaatlar to‘qnashuvining xavfli jihatlari yuzasidan ma’ruzalar qildi.

Tadbir davomida viloyat prokuraturasi hamda Adliya boshqarmasi vakillari ta’lim tizimini to‘liq shaffof, adolatli va korrupsiyadan holi muhitga aylantirishda hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB