Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navoiyda “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi — g‘oliblar aniq!

27-noyabr 2025-yil
image

Umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” respublika tanlovining Navoiy viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. 

Viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida yetakchi bo‘lib chiqqan 11 ta jamoa savol-javob, test sinovi hamda sahna ko‘rinishlari orqali bilim va mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Navoiy shahar 11-IDUMning “Kelajak” jamoasi;
2-o‘rin — Qiziltepa tumani 13-maktabining “Yuristlar” jamoasi;
3-o‘rin — Navbahor tumani 12-maktabining “Lawyers” jamoasi.

Tanlov yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy yondashuv va sahnadagi chiqishlar orqali o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

G‘olib jamoalar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB