Yangiliklar
SAYYOR QABUL - MUAMMOLARGA MAQBUL YECHIM!
5-dekabr 2025-yil
Xatirchi tumani "Tamabaxrin" MFY binosida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitovaning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘i boshchiligidagi tegishli mas’ullar tomonidan fuqarolar murojaatlariga yechim izlandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ta’lim tizimida oid yo‘llangan o‘ndan ortiq murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Boshqarma boshlig‘i fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, ularning muammolarini joyida eshitish va hal etish — tizim faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati