Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bolalikdan zamonaviy kasblar sari.

5-dekabr 2025-yil
image

Navoiy shahridagi 23-hamda 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalikdan zamonaviy kasblar sari” mavzusida shahar seminari o‘tkazildi

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, boshqarma va bo‘lim mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari ishtirok etdi.

Seminarda Xitoy tajribasi asosida bolalarni kelajak kasblariga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi. Qizaloqlar tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlikda, o‘g‘il bolalar esa bog‘bonchilik, hunarmandlik va quruvchilik yo‘nalishlarida o‘zini sinab ko‘rdi. Bunday faoliyatlar bolalarda kasblarga erta qiziqish uyg‘otish, mustaqil qaror qabul qilish hamda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Seminarda tashkilotlarda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shimcha to‘garaklar va o‘quv jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Yakunda boshqarma boshlig'i o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bolalarni kasbga yo‘naltirilishini yanada kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB