Yangiliklar
NAVOIYDA "KITOBXONLIK FESTIVALI" g'OLIBLARI TAQDIRLANDI
10-dekabr 2025-yil
Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabida “Kitobxonlik festivali”ning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova so‘zga chiqib, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, o'quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish zarurligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Marosimda tuman va shahar bolalar kutubxonalari rahbarlari, “Kitobxon oila” vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdi
Festival doirasida joriy yil davomida viloyat bo‘yicha “Ijodkor bolalar”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Eng kitobxon oila” va “Eng kitobxon maktab” nominatsiyalarida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarga jami 12 mingdan ortiq o‘quvchi jalb qilindi. Tadbir davomida mazkur tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan 25 nafar g‘olib va sovrindorlar Diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi
Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar, o‘quvchi-yoshlarning jo‘shqin raqslari bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati