Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Tashabbus amaliyotda: maktab rahbarlari o‘quvchilarni kutubxonaga yetaklamoqda

12-dekabr 2025-yil
image

“Yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish — har bir maktab rahbarining ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. Bugun ikki muhim masalaga jiddiy e’tibor qaratish zarur: birinchisi — o‘quvchilarni telefon qaramligidan uzoqlashtirish, ikkinchisi — ularni kitob mutolaasiga jalb etish. Buning uchun esa rahbarlar o‘rnak bo‘lishi lozim”, — Navoiy viloyati Maktacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i.

Bugun ushbu chaqiriq amalda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Navoiy shahridagi barcha umumta’lim maktablarida maktab direktorlarining o‘quvchilar bilan birga kutubxonaga tashrifi, rahbarlarning shaxsan kitob o‘qish tashabbusi, sinf jamoalari bilan kitobxonlik uchrashuvlari, maktab kutubxonalarida “Rahbar bilan birga mutolaa” loyihalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu tashabbus yoshlarni kitob bilan do‘stlashishiga, o‘quvchilar orasida ijobiy muhit shakllanishiga va ma’naviy hayotning boyishiga xizmat qilmoqda.

Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash — bugunning eng muhim vazifalaridan biri.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB