Yangiliklar
Kelajak chempionlari bog‘chadan yetishmoqda
9-yanvar 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ–356-son qarori bilan mamlakatimizda karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida karate to‘garaklarini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Navoiy shahridagi 19-son DMTTda karate to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun ushbu to‘garakka jalb etilgan tarbiyalanuvchilar nafaqat muntazam mashg‘ulotlarda qatnashmoqda, balki viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda.
Tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha yoshdan boshlab iqtidorli bolalarni, jumladan qizlarni aniqlash va saralash, ularni keyinchalik sport maktablari va klublarga yo‘naltirishdan iborat.
Karate bugun nafaqat sport turi, balki sog‘lom turmush tarzi va barkamol avlod tarbiyasining muhim omiliga aylanmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati