Yangiliklar

.

Zamonaviy texnologiyalar — sifatli ta’lim garovi!

9-yanvar 2026-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga muvofiq, 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida tajriba tariqasida har bir viloyatda 10 tadan umumta’lim maktabida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etilishi belgilandi.

Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning murakkab mavzularni oson o‘zlashtirishi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Vazifalar ijrosi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova tomonidan tuman (shahar)lardagi bittadan umumta’lim maktabiga virtual laboratoriyalar uchun mo‘ljallangan VR (virtual reallik) ko‘zoynaklari topshirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar ulushini oshirish, fanlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda o‘quvchilarning innovatsion tafakkurini rivojlantirishga muhim qadam bo‘ldi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB