Yangiliklar

.

Navoiyda CHQBT rahbarlari uchun viloyat seminari tashkil etildi

10-yanvar 2026-yil
image

Bugun Navoiy shahridagi 1-son “Jasorat maktabi” bazasida “Jasorat maktablari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv-moddiy baza bilan tanishish” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, unda viloyatdagi umumta’lim maktablarining CHQBT rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i R. Hayitova boshchiligidagi mas’ullar, Mudofaa ishlari boshqarmasi mutasaddilari hamda CHQBT rahbarlari qatnashdi.

Tadbir davomida “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining saf harakatlari, to‘garak a’zolarining TIR va kamondan o‘q otish mashg‘ulotlari namoyish etilib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar “Jasorat maktabi” tajribasining ahamiyati, o‘quv-moddiy bazaning samaradorligi hamda CHQBT mashg‘ulotlarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB