Yangiliklar

.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

14-yanvar 2026-yil
image

Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli Vatanimiz himoyachilari!

Barchangizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan barcha yurt posbonlarini, jumladan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mard va jasur yigitlarimizni  samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda Vatan himoyachisi bo‘lish — bu faqat kasbiy burch emas, balki yuksak fidoyilik, sadoqat va mas’uliyatni talab etadigan sharafli vazifadir.

Ayniqsa, ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yigitlarning yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat va burch tuyg‘ularini shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirofga loyiq.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy farovonlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Ra’no Hayitova,
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB