Yangiliklar
“Kelajak soati”: ma’naviyat va mehr-oqibat saboqlari
19-yanvar 2026-yil
Navoiy shahridagi 13-umumta’lim maktabida navbatdagi “Kelajak soati” dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot “Ma’naviyat, axloq va mehr-oqibat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur dars mashg‘uloti Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Niyazov tomonidan tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga insonparvarlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va odob-axloq kabi umuminsoniy qadriyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, bu fazilatlarni kundalik hayotda qo‘llashning samarali yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarda kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, do‘stlik va hamjihatlik kabi ijtimoiy ahamiyatga ega fazilatlarni shakllantirishga e’tibor qaratildi. Ma’naviyatli va mehribon inson bo‘lishning shaxs kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hayotiy misollar, hikmatli so‘zlar va real voqealar orqali ochib berildi.