Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIGʻIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI
26-yanvar 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga binoan, Latipov Abror Umarovich Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Latipov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Navoiy viloyati filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.
Boshqarma jamoasi A.Latipovni mazkur tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati