Yangiliklar

.

“Ixtirochilikka qadam” tanlovining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

28-yanvar 2026-yil
image

Joriy yilning 26–27-yanvar kunlari Navoiy viloyatida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat va nodavlat maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilarini qamrab oldi.

Viloyat bosqichida ishtirokchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqqan loyiha va innovatsion g‘oyalari orqali o‘z bilim hamda ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Tomdi tumani IMI jamoasi qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin Uchquduq tumani 20-umumta’lim maktabi jamoasiga nasib etdi.
Faxrli 3-o‘rinni esa Zarafshon shahridagi 3-umumta’lim maktabi jamoasi egalladi.

Mazkur uchta loyiha ishi g‘olib deb topilib, ular tanlovning respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tanlov yoshlarning ijodkorlik va innovatsion fikrlash salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy muammolarga ilg‘or yechimlar ishlab chiqishga hamda ilm-fan va texnologiyalar sohasiga qiziqishini oshirishni maqsad qilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB