Yangiliklar

.

Navoiyda Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman va shahar bosqichlari o‘tkazildi

30-yanvar 2026-yil
image

Joriy yilning 28–30-yanvar kunlari respublikamiz bo‘ylab an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur intellektual bellashuvlar 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etildi.

Olimpiada yoshlarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlashi va bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan tuman va shahar bosqichlarida jami 3 688 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan:

▫️1 431 nafar o‘quvchi — matematika fanidan,

▫️855 nafar o‘quvchi — informatika fanidan,

▫️1 402 nafar o‘quvchi — tabiiy fanlar yo‘nalishida bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasi yosh avlodni ilm-fan sari yetaklash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB