Yangiliklar
Navoiyda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
5-fevral 2026-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida hududlarda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv-seminarlari bosqichma-bosqich tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur seminarlarning navbatdagisi bugun Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Seminar doirasida "Proyektiv metodikalar va ularni qo‘llash amaliyoti (Luiss Dyuss testi)" mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar maktab va oliy ta’lim psixologlari uchun O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Bo‘stonova Shahzoda Hasanboy qizi, maktabgacha ta’lim psixologlari uchun esa Navoiy shahri 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi Shodmonova Munira Suyunovna tomonidan olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati