Yangiliklar
VAZIR KUBOGIDA VILOYAT SHARAFINI XATIRCHILIK QIZLAR JAMOASI HIMOYA QILADI
18-fevral 2026-yil
VAZIR KUBOGIDA VILOYAT SHARAFINI XATIRCHILIK QIZLAR JAMOASI HIMOYA QILADI
“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining Navoiy viloyati bosqichi yakunlandi. Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sport bellashuvlarida viloyatning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan 11 jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rin Xatirchi tumanidagi 5-umumta’lim maktabi qizlar jamoasiga nasib etdi. Endilikda ular Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi. 2-o‘rinni Tomdi tumanidagi 1-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin Navbahor tumanidagi 12-maktab qizlariga nasib etdi
Ma’lumot o‘rnida, Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor jamoalar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan avtomobil hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi
Mazkur musobaqa qizlar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yoshlar o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.