Yangiliklar

.

XIZMAT MADANIYATI VA HALOLLIK — DAVLAT XIZMATCHILARI UCHUN MUHIM TAMOYIL

6-mart 2026-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Boshqaruv samaradorligi agentligining Navoiy viloyati filiali bosh inspektori D.Qodirov ishtirok etdi

Seminarda davomida ishtirokchilarga davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat faoliyatida va xizmatdan tashqari paytda amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar, xususan, xulq-atvorning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi.

Mas'ullar tomonidan davlat xizmatida ochiqlik, mas’uliyat va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish — samarali boshqaruv hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB