Yangiliklar
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining "Navro'z" bayrami munosababti bilan bayram tabrigi
21-mart 2026-yil
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustoz va murabbiylar!
Barchangizni asrlar davomida sayqallanib, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismiga aylangan, tabiat bilan uyg‘un yangilanish, yasharish va ezgulik ayyomi — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!
Navro‘z — bu shunchaki yangi yil ibtidosi emas, balki inson qalbini mehr-oqibat nuri bilan yoritadigan, bag‘rikenglik va saxovat fazilatlarini ulug‘laydigan, ezgulikni oliy qadriyat darajasiga ko‘taradigan muqaddas ayyomdir.
Shukrki, jonajon O‘zbekistonimiz tinch, osmonimiz musaffo. Yurtimizning barcha hududlarida ushbu qutlug‘ bayram ko‘tarinki kayfiyat va katta shodlik bilan nishonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, siz azizlarni Navro‘z umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmat bilan,
Ra’no Hayitova
Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i