Yangiliklar

.

“TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

6-aprel 2026-yil
image

Navoiy viloyatida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida teatr san’ati, sahna madaniyati va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tadbir Navoiy shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da tashkil etildi.

Mazkur bosqichda ishtirok etgan jamoalar ikki shart — “Bizning maktab” hamda “Teatr – ibratxona” sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Navoiy shahridagi 22-maktabning “Kelajak” jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, 2-o‘rinni Karmana tumanidagi 3-maktabning “Shukur Burhonov izdoshlari” jamoasi egalladi. Faxrli 3-o‘rinni esa Xatirchi tumanidagi 5-maktabning “Turon yulduzlari” jamoasi band etdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda ijodiy salohiyatni yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB