Yangiliklar
Navoiy shahridagi Prezident maktabida 2025–2026-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali “Bitiruvchilar oqshomi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
19-iyun 2026-yil
Unda viloyat hokimligining mas’ul xodimi D. Egamov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova, soha mutasaddilari, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Shuningdek, o‘quv yili davomida fan, ta’lim, sport va san’at yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar, ta’lim muassasasining rivojiga munosib hissa qo‘shgan pedagog va xodimlar munosib taqdirlandi.
E’tirof o‘rnida, 2026-yilda maktab bitiruvchisi Jasminabonu Erkinova AQSHdagi nufuzli American University of Beirut oliy ta’lim muassasasiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Yana 7 nafar bitiruvchi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Maktab bitiruvchilarining 100 foizi IELTS va SAT xalqaro sertifikatlariga ega. Bitiruvchilarning IELTS bo‘yicha o‘rtacha natijasi 7,3 ballni, SAT bo‘yicha esa 1510 ballni tashkil etdi.
O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari ham e’tiborga molik. 2025–2026-o‘quv yilida 7 nafar o‘quvchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, jami 14 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Maktab o‘quvchisi Bektosh Ruzikulovning “Magnitli sirkul” loyihasi “Biosintetik polimer yaratish” loyihalari xalqaro tanlovda g‘olib deb topilib, 95 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati