Yangiliklar
Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati o'rganilmoqda
22-iyun 2026-yil
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “individual xavfsizlik xaritasi”ni ishlab chiqish maqsadida viloyatdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jarayon davomida ta’lim-tarbiya sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning murojaat va takliflari o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Latipov hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i O. Komilov Navoiy shahridagi “Tinchlik Kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati