Yangiliklar
HUQUQIY NIGILIZM NIMA VA U QANDAY KO‘RINISHLARDA UCHRAYDI?
26-iyun 2026-yil
Huquqiy nigilizm — bu jamiyatda qonunlar, huquqiy me’yorlar va davlat institutlariga nisbatan befarqlik yoki ularni mensimaslik holatidir. Bu tushuncha “nigilizm” atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, u lotincha nihil — “hech narsa” degan ma’noni anglatadi.
Nigilizm — bu mavjud qadriyatlar, an’analar va ijtimoiy me’yorlarning ahamiyatini qayta ko‘rib chiqish yoki ularga shubha bilan yondashishni ifodalovchi falsafiy qarashdir.
Huquqiy nigilizmning asosiy ko‘rinishlari:
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik;
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash;
Qonunni buzishni oddiy hol sifatida qabul qilish;
Poraxo‘rlikka “odat” yoki “normal holat” deb qarash;
Fuqarolik mas’uliyatining sustligi.
Jamiyatda huquqiy nigilizmning oldini olish va unga nisbatan mustahkam immunitet hosil qilish uchun fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, qonun ustuvorligiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarur.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati