Yangiliklar

.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi

27-iyun 2026-yil
image

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar, media sohasi fidoyilari!

Avvalo, Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi jamoasi hamda o‘zim nomimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi axborot makonida Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz jamiyat hayotida beqiyos o‘rin tutadi. Haqiqatni xolis va tezkor yoritish, fuqarolarni ishonchli axborot bilan ta’minlash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi fidokorona faoliyatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi yangilanishlar, o‘quv-tarbiya jarayonidagi ijobiy o‘zgarishlar, ilg‘or tajribalar hamda o‘quvchi va ustozlarimiz erishayotgan yutuqlarni keng jamoatchilikka tezkor, xolis va sifatli yetkazishda Sizlarning xizmatlaringiz alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Fursatdan foydalanib, ta’lim tizimi faoliyatini yoritish, jamiyatda ilm-ma’rifat va ta’lim qadriyatlarini targ‘ib etish yo‘lidagi samarali hamkorligingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va faoliyatingizda yuksak zafarlar tilayman.

Ra’no Hayitova
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB