Yangiliklar

.

Navoiyda "Gimnastikaga ilk qadam" musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

30-iyun 2026-yil
image

Navoiy shahridagi 1-son sport maktabida "Gimnastikaga ilk qadam" musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sport mahoratini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

Qizlar o‘rtasida:
I o‘rin — Navbahor tumani 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Elnura Quvondiqova;
II o‘rin — Karmana tumanidagi "Karmana Baby Sad" DXSH tarbiyalanuvchisi Mushtariy Kamoliddinova;
III o‘rin — Navoiy shahri 25-DMTT tarbiyalanuvchisi Shahnoza Jamoliddinova.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
I o‘rin — Karmana tumanidagi "Karmana Baby Sad" DXSH tarbiyalanuvchisi Mustafo Alisherov;
II o‘rin — Zarafshon shahri 20-DMTT tarbiyalanuvchisi Biloljon Bozorqulov;
III o‘rin — Nurota tumani 3-DMTT tarbiyalanuvchisi Shoxruz Farhodovga nasib etdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abror Latipov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Musobaqa g‘oliblari viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining maxsus diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Yosh iste'dodlarning ilk sport yutuqlari ularning kelajakdagi ulkan g‘alabalariga mustahkam zamin bo‘lishiga ishonamiz.

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB