Yangiliklar
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari direktor lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi!
30-iyun 2026-yil
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida mavjud bo‘sh (vakant) direktor lavozimlari uchun ochiq tanlov boshlanmoqda.
Tanlovda davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan hamda belgilangan malaka talablariga javob beradigan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlardan talab etiladi:
Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot;
Menejerlik sertifikati;
Ta'lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik ish tajribasi;
Davlat tilini mukammal bilish.
Vakant direktor lavozimlari:
Navoiy shahri – 2-, 9-sonli maktablar;
Zarafshon shahri – 6-, 14-sonli maktablar;
G‘ozg‘on shahri – 1-sonli maktab;
Karmana tumani – 2-, 10-, 15-, 16-, 23-, 24-, 30-, 32-sonli maktablar;
Konimex tumani – 1-, 4-, 5-, 8-, 13-, 14-, 22-, 30-, 35-, 37-sonli maktablar;
Navbahor tumani – 1-, 15-, 18-, 25-sonli maktablar;
Nurota tumani – 9-, 25-, 26-, 30-, 31-, 47-, 48-, 51-, 53-sonli maktablar;
Qiziltepa tumani – 1-, 5-, 8-, 10-, 18-, 19-, 22-, 24-, 32-, 33-, 34-, 35-sonli maktablar;
Uchquduq tumani – 7-sonli maktab;
Tomdi tumani – 1-, 3-, 5-, 6-, 7-, 12-sonli maktablar;
Xatirchi tumani – 7-, 14-, 21-, 25-, 37-, 43-, 49-, 58-, 62-, 67-, 70-, 71-, 76-, 79-, 80-, 81-, 88-sonli maktablar.
Hujjatlar 3-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Arizalar quyidagi platforma orqali qabul qilinadi:
http://manager.uzedu.uz
Murojaatlar uchun ishonch telefoni:
+998 79 220 12 81
Qo‘shimcha ma'lumotlar Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifalarida e'lon qilib boriladi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Rahbarlik salohiyatingizni namoyon eting va ta'lim tizimi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati