Yangiliklar
Umumta'lim maktablarida tashkil etilgan yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyati o‘rganildi
8-iyul 2026-yil
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Niyazov hamda viloyat prokuraturasining mas'ul xodimi G'. Hasanov Navoiy shahridagi 7- hamda 17-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan yozgi sog'lomlashtirish maydonchasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida sport, san'at, kasb-hunar hamda fan yo‘nalishlaridagi to‘garaklarning tashkil etilishi, mashg‘ulotlar sifati, o‘quvchilarning qamrovi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mas'ullar tomonidan yozgi maydonchalarda bolalarning xavfsizligi, sifatli dam olishi, qiziqishlari va iqtidorini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashg‘ulotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ma'lumot o‘rnida, 2026-yil yozgi mavsumida Navoiy viloyatidagi umumta'lim maktablarida 80 ta yozgi sog'lomlashtirish maydonchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, barcha qolgan maktablarda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 10 mingdan ortiq to‘garaklar tashkil etilib, o‘quvchilarning yozgi ta'tilini mazmunli va samarali o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati