Yangiliklar

.

"Yashillik va tozalik kubogi" tanlovining Navoiy viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

9-iyul 2026-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ–110-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan "Eko-madaniyat" umumilliy loyihasi asosida o‘tkazilayotgan "Yashillik va tozalik kubogi" respublika tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarning tanlov ishlari viloyat komissiyasi tomonidan tanlov Nizomida belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilarning ekologik tashabbuslari, amaliy loyihalari hamda tanlovning uchta sharti bo‘yicha erishgan natijalari baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinKarmana tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi (94 ball);
2-o‘rinNavbahor tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi (88 ball);
3-o‘rinNavoiy shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi (74 ball)ni qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov o‘quvchi-yoshlarda ekologik tafakkur va ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
G‘olib jamoalarni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va tanlovning keyingi bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB